Omonatlar

Yuklab olish

Omonatlar

02.02.2021

Bank depozitlariga aholi va xo’jalik subyektlarning bo’sh pul mablag’larini jalb etishni yanada rag’batlantirish, pul mablag’larini bank aylanmasiga yo’naltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish bo’yicha «Asaka» bank tomonidan faol ishlar olib borilmoqda. Aholi omonatlari iqtisodiyotga sarmoyalar kiritishning muhim manbasidir va aholining banklarga murojaatlari sonining ortib borishi bank tizimiga nisbatan ishonch o’sishiga guvohlik beradi.

Hozirgi kunda «Asakabank» bo’yicha jismoniy shaxslar uchun milliy va xorijiy valyutalarda qulay shartlarda 3 ta omonat turlari joriy etilgan.

Barcha omonatlaringiz «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi» tomonidan kafolatlangan.

Sizning omonatlaringiz:

  • soliqlar va majburiy to’lovlardan ozod qilinadi;
  • mablag’lar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;
  • malumotlari sir saqlanishi to’liq kafolatlanadi;
  • egalik va tasarruf huquqi o’z ihtiyoringizda;
  • miqdori cheklanmagan.

«Аsakabank» - sarmoyangizni saqlanishi va ko’payishini kafolatlaydi!

Omonatlar haqidagi to'liq ma'lumotni 1152 raqami yoki Telegram-chat: @Asaka_bank_bot orqali olishingiz mumkin!