Kreditlar

Yuklab olish

Kredit mahsulotlari

02.02.2021

 

JIsmoniy shaxslar uchun kreditlar: 

 
Avtokredit

 Avtokreditlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
• Kredit muddati — muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;
• Kredit summasi — Avtotransport vositasining 100% miqdorida;
• Boshlang‘ich to‘lov – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda;
• Asosiy qarzni qaytarish tartibi — 3 oylik imtiyozli davr tugagandan so‘ng, har oy teng ulushlarda;
• Foiz stavkasi:
- 26% yillik – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan;

- 25% yillik – avtomashina qiymatining 40%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan;

- 24% yillik – avtomashina qiymatining 50%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan;
• Kreditning garov ta’minoti:
- kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovi;
- uchinchi shaxs kafilligi;
- avtomashina yetkazib berilib belgilangan tartibda garovga taqdim etilgunga qadar sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmasligi hatari sug‘urta polisi;
• Zarur hujjatlar:
- arizachi hamda kafil shaxsning pasporti;
- arizachi hamda kafil shaxsning oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.
- avtotransport vositasini sotib olish uchun shartnoma

 
Iste'mol krediti

Iste’mol krediti O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga yashash joyidagi "Asaka" bankining filiallari tomonidan quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:

1. Kredit miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha; 

2. Kreditning maqsadi — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar (xizmat)lar xaridi uchun ajratiladi, jumladan:

  • Uy jihozlari, yumshoq va boshqa mebellar;
  • Kompyuter, radio va tele-aparaturalar;
  • To’y va yubiley marosimlarini o’tkazishga;
  • O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobillarni ta’mirlashga;
  • Mamlakatimizda joylashgan turli dam olish maskanlariga yo’llanmalar olishga.
  • Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtoulovlarni ta'mirlash uchun;
  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat ko'rsatish bo'yicha litsenziyaga ega bo'lgan sub'ektlardan O'zbekiston Respublikasi bo'ylab sayyohlik turlarini sotib olish
  • Kredit mablag’i- ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi yoki uni sotuvchi tashkilotning bankdagi hisob varag’iga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

3. Kreditning muddati 3 yilgacha;

4. Kredit ustama foizi - yillik 25 foiz miqdorida, O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sayyohlik turlarini sotib olish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida o'rnatiladi;   

   b) Kredit ta’minoti — 3-shaxs kafilligi yoki mulk garovi.

5. Kredit olish uchun qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasport, muddatli xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmatchining harbiy bileti yoki guvohnomasi;
  • Ish joyidan oxirgi 6 oy uchun ish haqi ko'rsatilgan ma'lumotnoma yoki o'zga daromad turini tasdiqlovchi boshqa hujjat/ Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.
  • Savdo tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (hisob-shartnoma);


Fuqaro tomonidan isteʼmol krediti hisobiga sotib olinayotgan umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari uchun zamonaviy maktab formalari harid qilishga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aʼzolariga (koʼp qavatli uylardagi xonadon egalariga) ikki konturli isitish uskunalarini sotib olish va oʼrnatishga, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat koʼrsatish boʼyicha tegishli litsenziyaga ega boʼlgan subʼektlardan Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab sayyoxlik turlarini sotib olishga hamda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloqlardagi aholiga uy-joyini taʼmirlash uchun kredit foizlarini har oyda toʼlab borish sharti bilan - Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida oʼrnatiladi.

 
Ipoteka krediti

Davlat ko’magi ostidagi imtiyozli ipoteka kreditlari

Ushbu imtiyozli ipoteka "Uzshahar qurilish invest" IK MChJ ishtirokida shaharlarda va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ ishtirokida qishloq joylarda barpo etiladigan uylardagi kvartiralarni (uy-joylar) sotib olish uchun tadbiq etiladi.

  • Kredit summasi – kvartiraning joylashgan qavatiga qarab, lekin oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan miqdorning 90% dan oshmasligi kerak;
  • *Foiz stavkasi: - yillik 7% dan;

*dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;

  • **Boshlang`ich to'lov - 10%dan;

      ** -  4 qavatli ko'p kvartirali (2 va 3 xonali) turar-joy binolari uchun - 10%;

          - ayrim toifadagi fuqarolar uchun qurilayotgan 5 qavatli arzon ko'p qavatli (2 va 3 xonali) uylar uchun - 25%;

  • Kredit muddati - 20 yilgacha;
  • Imtiyozli davri - 1 yil.

Bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari

Ushbu ipoteka kreditlari shaharlar va qishloq joylarda xususiy pudratchilar tomonidan qurilayotgan (barpo etiladigan) uylardagi kvartiralarni (uy-joylar) sotib olish uchun tadbiq etiladi.

  • Kredit summasi – uy-joy qiymatining (uy-joyning hisoblangan qiymati) 90 %dan oshmaydigan miqdorda;

* Uy-joyning hisoblangan qiymati har yili Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’alnikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda kvartira 1 kvadrat metrining tegishli hududdagi o'rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan  holda belgilanadi.

  • Foiz stavkasi - bozor tamoyilllari asosida. (Bugungi kunda: "Asaka" bank kredit mablag'lari hisobidan qurilgan va qurilayotgan xonadonlar uchun, qishloq hududlarida - yillik 16%, shahar hududlarida - yillik 17%, Toshkent shahri uchun - yillik 19%. Boshqa xonadonlar uchun qishloq hududlarida - yillik 18%, shahar hududlarida - yillik 19% , Toshkent shahri uchun - yillik 19%  miqdorida);
  • ** Boshlang`ich to'lov - 10% dan;
** - qishloq  joylarida – kavrtira qiymatining 10%dan kam bo’lmagan miqdorda;
** - shaharlarda  – kavrtira qiymatining  20 %dan kam bo’lmagan miqdordа
  •  Kredit muddati - 20 yilgacha;
  • Asosiy summani to'lash usuli - annuitet;

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qarori asosida:

  • 2020 yilning 1 mayidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi;
  • Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratilgan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari:

Qishloq va shaharlarda:

  • ikki xonali kvartiralar uchun - 240 mln.so'mgacha;
  • uch yoki undan ko’p  xonali kvartiralar   uchun - 320 mln. so'mgacha;

Toshkent shahrida:

  • ikki xonali kvartiralar uchun - 264 mln. so'mgacha;
  • uch yoki undan ko’p xonali kvartiralar uchun - 352 mln.so'mgacha o’rnatildi.

Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish maqsadi uchunipoteka kreditlari*:
Muddati -10 yilgacha;
Boshlangʼich badal - turar-joy qiymatining 25 foizidan kam boʼlmagan miqdorda;
Foiz stavka - yillik 23 foiz;
Toʼlov shakli - imtiyozli davr qoʼllanilmagan holda, keyingi oydan boshlab har oy differentsial usulda (kamayib borish tartibida);
Taʼminot - sotib olinadigan uy-joy;
Kredit miqdori - koʼp qavatli uydan xonadon sotib olishga - 
Qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining - 2 500 baravarigacha (557 500 000,0 soʼmgacha), yakka tartibdagi uy-joyni sotib olish uchun - Qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravarigacha (669 000 000,0 soʼmgacha). 
*Bugungi kunda uzoq muddatli arzonkredit resursi mablagʼlari taqchilligi kuzatilayotganligi sababli,vaqtincha ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish maqsadlari uchun ipoteka kreditlari ajratish imkoni mavjud emas.Ipoteka kreditining mazkur yunalishini rivojantiirish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5715-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” bilan bosh bitim imzolash hamda uzoq muddatli resurslarni jalb qilish choralari koʼrilmoqda.

Muhim: Ipoteka kreditlari murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʼlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmagan shaxslarga ajratiladi. 
Moliya vazirligi mablagʼlari hisobidan ajratilgan ipoteka krediti foiz stavkasi miqdori Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayib, oshirilgan taqdirda esa oʼzgarishsiz qoladi.
Bank birlamchi bozordagi koʼchmas mulkka nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirish jarayonida mol-mulkka taʼqiq qoʼyish hamda taʼqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin.

 
Overdraft

Overdraft krediti - bank plastik kartochkasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to'lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvarag'idagi qoldiq mablag'idan ortiq miqdordagi mablag'ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli.

Overdraft O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi.

Overdraft tijorat banki tomonidan ish haqi, shuningdek pensiya to'lovlari hisob-kitobi uchun emissiya qilingan bank plastik kartochkasi orqali beriladi.

Overdraft jismoniy shaxsning (mijozning) daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda o'rtacha oylik ish haqining (pensiyaning) 1 barobarigacha bo'lgan miqdorda 12 oygacha bo'lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda beriladi.

Overdraft 12 oygacha bo'lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft limitini overdraft shartnomasida belgilangan jadvalga asosan bosqichma-bosqich kamaytirib borish sharti bilan ajratiladi. Bunda, dastlabki 10 oy davomida qarzdorliklar qisman va yoki to'liq bankka qaytarilgan taqdirda mijoz Overdraft limitidan yana foydalanish (overdraft tiklanishi) huquqiga ega bo'ladi. So'nggi 2 oy davomida qarzdorliklar kreditni qaytarish jadvaliga asosan teng ulushlarda bankka qaytariladi.

Foiz stavkasi – 24 % miqdorida;

         Kredit ta'minoti - plastik kartochka xisobvarag`iga kelajakda tushadigan pul mablag`lari 

Overdraft rasmiylashtirish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi xujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • Pasport;
  • qarz oluvchining oxirgi 12 oy uchun, agar doimiy ish joyida ishlayotganiga bir yil to'lmagan bo'lsa, amalda ishlangan (3 oydan kam bo'lmagan)  davr uchun ish haqidan majburiy ajratmalar  ko'rsatilgan holda ish haqi, pensiya va unga tenglashtirilgan boshqa daromadlari to'g'risida ma'lumotnoma;
 
Online overdraft

Online overdraft krediti -  bank plastik kartochkasi saqlovchisiga bankka tashrif buyurmasdan kredit rasmiylashtirishning qisqa muddatli shakli.
Muddati – 12 oy;
Foiz stavkasi – 24% yillik; 
Imtiyozli davr – 10 oygacha;
Overdraft summasi – oʼrtacha bir oylik ish haqi; 
Online-overdraft olish tartibi – “Asaka Mobile” mobil ilovasi orqali onlayn 24/7 rejimda;
Kredit olishi mumkin boʼlgan mijozlar - ish haqi loyihalari boʼyicha “Аsaka” bank filiallarida xizmat koʼrsatuvchi korxona va tashkilotlarning ishchi xodimlari

 
Mikroqarz

Mikroqarzlar doimiy ish joyiga ega bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslarga:

  • 12 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 24%;
  • 24 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 26%;

Mikroqarz miqdori – Ariza beruvchining to’lovlilik qobiliyatidan kelib chiqqan xolda - 50 000 000,00 so`mgacha;
Naqd pul shaklida beriladigan mikroqarz bo‘yicha, 1% miqdorida bank komissiya undiriladi.
Ariza beruvchi va Kafil shaxsning mikroqarz olish uchun bankga taqdim etadigan hujjatlari:

  • pasport;
  • qarz oluvchi va kafilning asosiy ish joyidan oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.

Kredit ta’minoti – uchinchi shaxsning kafilligi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlanadi.

Quyidagi mijozlarga 10,0 mln soʼmgacha mikroqarz taʼminotsiz ajratilishi mumkin:
•    Oylik ish haqi loyihasi doirasida “Аsaka” bank mijozi hisoblanishi (bank xodimlari bundan mustasno);
•    “Аsaka” bankdan ilgari kamida 3 ta kredit rasmiylashtirilgan va ushbu kreditlar soʼndirilgan boʼlishi hamda ijobiy kredit tarixiga ega boʼlishi (bunda mijozning kredit tarixida keyingi oyga oʼtgan muddati oʼtgan qarzdorlik toʼlovlari mavjud boʼlmasligi lozim).


Korporativ mijozlar uchun kreditlar:
 
 
Kichik biznes sub`ektlarni kreditlash
 
Kichik biznes sub’ektlariga bank kafolatlarini ajratish
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash
 
O’z mablag’lari hisobiga bank akkreditivi va faktoring amaliyotlarini taqdim etish
 
Faktoring
 
Kichik tadbirkorlik sub`yektlariga kredit olishga buyurtmanoma
 
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit ajratish boyicha ariza