Asaka Bank omonatchilariga plastik kartalari orqali kreditlar taqdim etish
01.07.2020
Kredit «Asaka» bank filiallarida o’z omonat hisobvarag’iga ega bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taqdim etiladi.
Kredit muddati – 1 yilgacha;
Kredit miqdori - bank filialida ochilgan omonat hisobvarag’ida shakllantirilgan mablag’ doirasida, lekin BHMning 100 barobaridan oshmagan miqdorda;
Foiz stavkasi - omonat hisobraqami bo’yicha yillik foiz stavkasi + yillik 4%, lekin 24%dan oshmagan miqdorda; Bunda foizlar har oyda to’lab borish sharti bilan va kreditning haqiqatda foydalanilgan qismi uchun hisoblanadi.
Imtiyozli davr - 6 oygacha;
Ariza beruvchi bank filialida omonat hisobraqami ochilganligi to’g’risida omonat daftarchasini taqdim etadi.
Kredit ta’minoti – Qarz oluvchining bank filialida ochilgan omonat hisobraqamida shakllantirilgan mablag’lari. Bunda omonat hisob raqamidagi mablag’lar chiqim qilinishiga kredit va unga hisoblangan foizlar to’liq so’ndirilmaguncha yo’l qo’yilmaydi.