Tadbirkorlik sub'ektlarning joriy faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun modulli kredit
28.09.2020KREDIT TURI
Ochiq turdagi revolver kredit liniyalari o'rnatish asosida amalga oshiriladi
KREDIT MAQSADI
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning joriy faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun
KREDIT MIQDORI
- 50mln. so'mdan 800 mln. so'mgacha;
- Qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag'larining 50% foiz miqdoridan oshmagan miqdorda beriladi.
KREDIT BO'YICHA FOIZ STAVKASI
Bank tomonidan o'rnatilgan yillik foiz stavkalarida belgilanadi.
KREDIT MUDATTI
Kreditlar 24 oy muddatgacha ochiq turdagi revolver kredit liniyalari o'rnatish asosida amalga oshiriladi.
Bunda,har bir transh muddati 12 oydan oshmagan muddatga beriladi
KREDIT BO'YICHA IMTIYOZLI DAVR
Kreditlar bo'yicha kreditlashning imtiyozli davri va kreditdan foydalanish muddati har bir transh bo'yicha 8 oygacha belgilashini mumkin
KREDIT SO'NDIRILISHI
Kredit bo'yicha to'lovlar imtiyozli davr tugagandan so'ng xar oyda teng ulushlarda to'lanadi.
KREDIT BO'YICHA TA'MINOT
“Asaka” bank Boshqaruvining 2019 yil 8 avgustdagi 151-sonli bayoni bilan tasdiqlangan (799-son bilan ro'yxatga olingan) “Asaka” bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan amaliyotlar bo'yicha garov mulkini qabul qilish tartibi” buyicha amalga oshiriladi.
ALOXIDA SHARTLAR
modulli kredit asosiy xisob varag'i bo'yicha bir yildan kam bo'lmagan "Asaka" bank tizimida xizmat ko'rsatilayotgan yoki kredit aylanmasi oxirgi 12 oy davomida 5 mlrd. so'mdan kam bo'lmagan, boshqa bankda xizmat ko'rsatiluvchi xo'jalik yurutuvchi sub'ektlarga ajratiladi.