KREDIT MAHSULOTLARI

Yuklab olish

EKSPORTOLDI MOLIYALASHTIRISH

15.02.2021

KREDIT NOMI

Eksport qiluvchi korxonaning eksport shartnomasini to'liq va sifatli bajarilishini ta'minlash uchun kerak bo'ladigan xom-ashyo va xizmatlarga ajratiladigan kreditlar.

 

EKSPORTOLDI MOLIYALASHTIRISH OB'EKTLARI

Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklari, oilaviy korxonalar va boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar.

 

KREDIT MAQSADI

Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar, eksport shartnomasi to'lov sharti (kelib tushadigan pul mablag`i) akkreditiv ko'rinishida bo'lgan eksport qiluvchi korxonalar uchun taqdim etiladi.

 

KREDIT MIQDORI

Eksport qilinishi mo'ljallangan shartnomalar va ishlab chiqaruvchi hamda eksportyor o'rtasidagi tuzilgan komissiya shartnomalarining 85 foizidan oshmagan miqdorda milliy va eksport shartnomasi valyutasida ajratiladi.

 

KREDIT MUDDATI

Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar 1 yil muddatgacha revolver  ochiq kredit liniyasi asosida o'rnatilishi mumkin.

Naqd shakilda 90 kun muddatga ( Eksport qiluvchi korxonalar ro'yxatida bo'lgan, avval ajratilgan kredit qarzdorligiga ega bo'lmagan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining kafolat xatiga ega bo`lgan korxonalarga ajratiladi)

 

FOIZ STAVKASI

- milliy valyutada 23%;

- xorijiy valyutada 8%.

 

HUJJATLAR TO`PLAMI:

- kredit ajratish uchun ariza;

- biznes-reja;

- buxgalteriya hisobotlari (1-shakl, 2-shakl);

- To'lov sharti (kelib tushadigan pul mablag`i) akkreditiv ko'rinishida bo'lgan eksport shartnomasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar;

- amaldagi qonunchilikka va bank talablariga javob beradigan garov