Internet-banking imkoniyatlari

Yuklab olish

Internet-banking imkoniyatlari

02.09.2019

“Internet-banking” Mijozga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Mijoz hisobidagi qoldiqni ko‘rish. “Internet-banking” so‘roviga binoan Mijozning hisobidagi joriy qoldiqni so‘rov jo‘natilgan vaqt holatiga ko‘rsatish;

  • Hisob raqamdagi mablag‘lar harakatini ko‘rish. Mijozga uning hisobraqamidagi qoldiqlari to‘g‘risida axborot real vaqt rejimida, hisob raqamdagi mablag‘lar aylanmasi to‘g‘risida har qanday davr uchun ma‘lumot olish imkoniyati bilan yetkaziladi;

  • Chakana hizmatlar uchun to‘lovlar talab qilib olingunguncha maxsus depozit hisob varaqlaridan amalga oshiriladi.

Mijoz hizmat ko‘rsatuvchi bilan hisob-kitob qilishdan tashqari ko‘rsatilgan bir marotabalik xizmat uchun ham to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Mazkur to‘lovlarga biror narsa sotib olish, jarima, boj va boshka to‘lovlar, ya‘ni Bank va to‘lovni qabul qilib oluvchi Taraf bilan Shartnomasiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan to‘lovlarni kiritish mumkin.

Batafsil ma‘lumot olish uchun Bankning yaqin atrofingizdagi filialiga murojaat eting!